Bo‘stonliqda yangi soliq tartibi sinovdan o‘tkaziladi

© Sputnik / StringerPlyaj zoni otdixa "Charvak oromgoxi" ("Piramidi")
Plyaj zoni otdixa Charvak oromgoxi (Piramidi) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
May oyidan boshlab Bo‘stonliqdagi kvadratsikllar, paraplan va deltaplanlar, shuningdek, supa, so‘rilar soliqqa tortiladi.

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 2020-yil 1-maydan 2021-yil 1-maygacha soliq ma’muriyatchiligining alohida tartibi sinovdan o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar qildi.

“Suv transporti, suv motosikllari, qorda yuradigan texnika vositalari, kvadratsikllar, paraplan va deltaplanlar, shuningdek, supa, so‘ri va shunga o‘xshash dam olish joylari jismoniy shaxslarning daromad manbai hisoblanadi va soliqqa tortiladi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, bu Vazirlar mahkamasining 107-sonli qarorida belgilangan.

Tajriba davrida jismoniy shaxslar tomonidan dam olish uylari, yashash uchun mo‘ljallangan turar joylar va boshqa ayrim mol-mulklar maxsus guvohnoma asosida ijaraga beriladi. Mazkur guvohnoma soliq organlarining tayanch punktlari tomonidan mulk egasiga bepul taqdim etiladi.

DSQ boshqarma o‘rinbasari Sulton Obidovning so‘zlariga ko‘ra,  ushbu yangiliklar davr talabidir. Bu o‘zgarishlar Toshkent viloyatida sayyohlik xizmatlar ko‘lamini yaxshilash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va soliq solinadigan obyektlarni hisobga olish tartibini soddalashtirishga qaratilgan.

Vid na poselok Solnse naxodashiysya nedaleko ot Parkenta - Sputnik O‘zbekiston
Parkentda “Kumushkon” turizm qishlog‘i tashkil etiladi

DSQ mutaxassislari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mutasaddilari bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Yaqin kunlarda Bo‘stonliq tumanining G‘azalkent shahri, Do‘stlik, Sijjak va Novobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarida 4 ta soliq tayanch punkti tashkil etiladi. Ularda qarorda ko‘rsatilgan va soliqqa tortiladigan ko‘char va ko‘chmas mulk obyektlarini hisobga oladi.

Ushbu tartib-qoidalar tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan holda oilaviy mehmon uylari va ayrim mol-mulk turlarini ijaraga berish bilan shug‘ullanadigan jismoniy shaxslarga tatbiq etilmaydi.

To‘plangan ma’lumotlar hamma uchun ochiq bo‘ladi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Yagona elektron platformani ishlab chiqilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0