05:10 13 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Iqtisod
Havola olish
964 0 0

Kelgusida rubl asta-sekin oldingi kursga qaytib, oʻz pozitsiyalarini qaytarishni boshlaydi, ammo bu faqat 2,5 yildan keyin amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Rubl Brent markali neftning dinamikasiga qarab boradi, keskin pasayish  - dollar 75 rubldan oldingi 61 rubl kursiga qaytadi.

Denejnыe kupyurы: yevro i dollarы
© Sputnik / Vitaliy Timkiv

Goldman Sachs tahlilchisi Klement Graf RIA Novostiga maʼlum qilishicha, ikki yildan soʻng rubl barqarorlashishi mumkin.

Prognozga koʻra, OPEK+ shartnomasi barbod boʻlgandan soʻng Brent neft narxi yaqin 6 oy ichida bir barrel uchun 30 dollar atrofida boʻladi. Olti oydan soʻng narx asta-sekin bir barrel 60 dollar darajasiga qaytishni boshlaydi. Oʻsha vaqtda rubl oʻz pozitsiyalarini qaytarishni boshlaydi.

Shu yilning II va III chorak davomi dollar 75 rubl kursida boʻladi, keyingi yilda esa dollar kursi 68 rubl atrofida boʻladi. 2,5 yildan coʻng dollar kursi 61 rubl boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, 6 mart kuni OPEK+ shartnomasi barbod boʻlgandan soʻng 9 mart savdolarida Brent nefti 30 foizga pasaydi va bir barrel 31 dollarni tashkil qildi. Kelasi kun neft narxi bir barrel 35 dollarga yetdi. Ayni damda neft barrel narxi 32,7 dollarni tashkil qilmoqda. Payshanba kuni Moskva birja savdolarida dollar 75,39 rublni tashkil qildi.  

Asosiy mavzular