01:54 30 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Iqtisod
Havola olish
305 0 0

2020 yilda Markaziy Osiyoda iqtisodiyotlar oʻrtacha 1,2%ni yoʻqotadi, ammo 2021 yilda 5,8% gacha tiklanadi - YETTB prognozi.

TOSHKENT, 13 may - Sputnik. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki global iqtisodiyotning kelgusi yil uchun yangi prognozini eʼlon qildi. Taʼkidlanishicha, aksariyat davlatlarda iqtisodiy koʻrsatkichlarning pasayishi kutilmoqda. Biroq, istisnolar ham mavjud - bu Oʻzbekiston, Turkmaniston va Misr.

Hujjatda taʼkidlanganidek, Oʻzbekistonda YAIM oʻsishi 1,5% gacha pasayadi, ammo 2021 yilda eksportning tiklanishi va ichki talabning oʻsishi fonida iqtisodiyot oʻsishi 6,5% gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Eslatib oʻtamiz 2019 yilda Oʻzbekiston YAIMi 5,6%ga oʻsgan edi. 

Yilning birinchi choragida YAIM 4,1 %ga oʻsdi, ammo mutaxassislarning fikriga koʻra, karantin tadbirlarining taʼsiri kuchaygan ikkinchi chorakda bu koʻrsatkich pasayishi mumkin.

2020 yilning birinchi choragida, Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda tovarlar va bozorlar turlicha boʻlishiga qaramay, eksport hajmi 11 %ga kamaydi (oʻtgan yilning shu davriga nisbatan). 2019 yilda butun eksportning qariyb 50 foizi tovarlar eksportiga toʻgʻri keldi va tovarlar eksportining yarmidan koʻpi oltin hissasiga toʻgʻri keldi.

Tahlilchilarga koʻra, Xitoy 2019 yilda Oʻzbekiston uchun asosiy bozor boʻlgan, ammo uning umumiy eksportdagi ulushi atigi 14 foizni tashkil etgan (asosan gaz eksporti).

Xususiy sektorni kreditlashdagi faol oʻsish (2019 yilning dekabrida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 26% ga oʻsishi) zaiflik manbai boʻlishi mumkin, chunki ushbu iqtisodiy tanazzul davrida biznes kreditlarni qaytarish qobiliyatini yoʻqotishi mumkin. Bularning barchasi bank tizimining barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Rossiyadan pul oʻtkazmalari kamayadi, bundan aholining eng zaif qatlamlari jabr koʻradi. Turizm va mehmondorchilik sohalari ham koronavirus inqirozi birinchi navbatda taʼsir koʻrsatgan sohalar qatoriga tushdi.

Oʻrta hisobda, YETTBning sherik-davlatlarida iqtisodiy pasayish 3,5% darajasida boʻladi. Agar ijtimoiy uzoqlashtirish choralari kutilganidan uzoqroq vaqt davomida qoʻllanilsa, turgʻunlik yanada yomonroq kechishi mumkin va koʻrsatkichlar 2019 yil darajasigacha koʻtarilmaydi, va ehtimol yana bir necha yil davomida.

Markaziy Osiyoda iqtisodiyotlar oʻrtacha 1,2% yoʻqotadi, ammo 2021 yilda 5,8% gacha tiklanadi.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston iqtisodiyotni sezilarli darajada qoʻllab-quvvatlash uchun mavjud manbalardan foydalanmoqda. Biroq, Qirgʻiziston, Mongoliya va Tojikiston jiddiy cheklangan moliyaviy imkoniyatlardan va katta qarzlardan aziyat chekmoqda.

Neft va gaz eksportchilari (masalan, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Turkmaniston) iqtisodiyotga karantin choralarining salbiy taʼsirini yumshatish uchun katta moliyaviy koʻmak va xalqaro mablagʻlarga tayanishi mumkin boʻlsa-da, ushbu mamlakatlar energiya manbaʼlariga talabning keskin pasayishi tufayli oʻzlariga bosimni his qilishadi.

Eslatib oʻtamiz, YETTB rahbari COVID-19 bilan bogʻliq karantin choralari joriy qilinishidan oldin Oʻzbekistonga tashrif buyurgan edi. Mart oyi boshida u Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar uzoq muddatli hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qildilar.

Suma Chakrabarti YETTB Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlar dasturini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga va hamkorlik portfelini tubdan kengaytirishga tayyorligini tasdiqladi.

Alohida eʼtibor infratuzilmani modernizatsiya qilish boʻyicha ustuvor loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishga, bank sektori rivojlanishi, toʻqimachilik va sanoatning boshqa sohalarini, kichik biznes tashabbuslariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Asosiy mavzular