14:11 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
303 0 0

Aktivlarni boshqarish boʻyicha davlat agentligining xalqaro maslahatchilari Marek Grabarek va Veslava Kachmarek UzAssets investitsion kompaniyasi tashkil etilgandan keyin xususiylashtirish istiqbollari toʻgʻrisida fikrlari bilan boʻlishdilar.

TOSHKENT, 19 iyun - Sputnik. UzAssets investitsion kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida qaror Vazirlar Mahkamasining xususiylashtirish jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi qarori asosida qabul qilindi.

"Oilaviy qadriyatlarni" qanday saqlab qolish kerak?

Oʻzbek hukumatining iqtisodiyotdagi ulushni kamaytirish va xususiy sektorni kuchaytirish toʻgʻrisidagi bayonotlaridan keyin harakat qilish vaqti keldi. Bir necha sohada professional faoliyatni taʼminlash kerak: kompaniyalar aktivlarini boshqarish, davlat aktivlarini boshqarish, zamonaviy korporativ boshqaruv.

“Oʻzbekiston xususiylashtirishga ishonchni tiklashi kerak, ayniqsa oʻzbekistonlik ishbilarmonlar va xorijiy sarmoyadorlar orasida”, - deydi mutaxassislar.

Har bir mamlakatda uning oʻzligini va xavfsizligini belgilaydigan iqtisodiyotning “oilaviy qadriyatlar” deb atalmish korxonalarini qanday qilib himoya qilish va undan foydalanish yaxshiroq degan savol tugʻiladi.

Muammoni hal qilish maqsadida, koʻplab davlatlar suveren jamgʻarmalarni tashkil etgan. Oʻzlariga ishonib topshirilgan aktivlarni koʻpaytirish kabi biznes maqsadlardan tashqari, davlat xavfsizligi va kelajak avlodlar manfaatlarini himoya qilish bilan bogʻliq maqsad ham mavjud.

Jamgʻarma professional boshqaruvchilar tomonidan boshqariladi, jamgʻarma qarorlari va operatsion faoliyatiga siyosat va davlat boshqaruvi toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsirini minimallashtiriladi. Jamgʻarma faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini nazorat organlari tomonidan saqdab qolinishi va jamgʻarma faoliyati holati va natijalari toʻgʻrisida jamoatchilik oldida hisobot berish majburiyatini taʼminlash muhimdir.

Xalqaro mutahassilarning fikriga koʻra, UZAssets investitsion kompaniyasini yaratish, agar uning vazifasi kelajakda uni mamlakatning "oilaviy qadriyatlarini" faol boshqaradigan Oʻzbekistonning suveren jamgʻarmasiga aylantirish boʻlsa, bu toʻgʻri yoʻnalishdagi qadamdir.

Boshqaruvning yangi tajribasi

"Kompaniya biznes muhitda Oʻzbekistonning oynasi, potentsial investorlar uchun yaxshi loyihalar manbai va namunasi boʻlishi kerak. U yuqori sifatli aktivlar va professional boshqaruv misoli kabi boʻlishi kerak", - deb hisoblashadi Marek Grabarek va Veslava Kachmarek.

Kompaniyalarni boshqarish, restrukturizatsiya qilish va sanatsiya qilishning zamonaviy usullarini egallash kerak, strategiyalarni ishlab chiqish va ularni rivojlantirish yoʻllarini belgilash - ularni investorlarga sotish, investorlar bilan qoʻshma korxonalar tashkil etish orqali ushbu kompaniyalarni Toshkent fond birjasida ommaviy savdoga qoʻyish zarur. Ushbu maqsadlar uchun koʻplab chet kompaniyalari va menejerlarining bilimlari va tajribalaridan foydalanish kerak.

Agar kompaniyaning birinchi maqsadi korxonalarni xususiylashtirish va xususiylashtirishdan balans qiymatidan yuqori daromadni olish boʻlsa, unda ushbu "mahsulot" investorlar bozorida sotilishi kerak. Agar "mahsulot" sotuvga noloyiq boʻlsa, unda korxonani xususiylashtirishga tayyorlash jarayoni zarur.

"Biz doimiy zarar holatidagi korxonalarni UZAssets aktivlariga kiritilmasligini qatʼiy tavsiya qilamiz", - deyishadi mutaxassislar.

UZAssets loyihasi hamkori sifatida chiqishi mumkin boʻlgan banklarni olishi mumkin va kerak ham, deb ishonch bildiradi mutahassislar.

Vaqt oʻtishi bilan UzAssets korxonalar bozorida faol sotib olishda, korxonalarni potentsial xaridorlar uchun jozibali taklifni tayyorlash maqsadida restrukturizatsiya qilishda va hatto developerlik loyihalarida ishtirok etishi orqali bozorning faol ishtirokchisiga aylanishi kerak.

Zavod fabrikalar. Arxiv surat
© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk

Kompaniyaning oʻzi Toshkent fond birjasida ommaviy joylashtirish obʼyekti boʻlishi mumkinmi, degan savolni koʻrib chiqish kerak. Korxona oʻz biznes-maqsadlariga erishish uchun moliya bozori, qimmatli qogʻozlar bozoridan kapitalni jalb qilish huquqiga ega boʻlishi kerak.

Rivojlanish stsenariyalari

Mutaxassislarning fikriga koʻra, UzAssets-ning ikkita stsenariysi eng toʻgʻri hisoblanadi:

Xususiylashtirilishi kerak boʻlgan yoki professional boshqaruvni talab qiladigan navbatdagi davlat kompaniyalarining aktsiyalari shaklida nizom kapitalining yana bir oʻsishi. Oxir oqibat kompaniya Oʻzbekistonning suveren jamgʻarmasiga aylantiriladi.

Nodavlat aktivlarining yopiq investitson jamgʻarmalarini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va boshqaruv kompaniyasi yordamida davlat kompaniyalarining keyingi guruhlarini xususiylashtirish. Bu tarmoq jamgʻarmalari yoki vertikal, yaʼni xom-ashyodan tayyor mahsulotgacha boʻlgan butun ishlab chiqarish tsiklini amalga oshiradigan kompaniyalar boʻlishi mumkin.

Asosiy mavzular