18:01 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Iqtisod
Havola olish
22601

Tegishli bitimni Oʻzbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Jahon bankining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktor Liliya Burunchuk imzoladi.

TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Jahon banki Oʻzbekistonga qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish uchun 500 million dollar ajratadi. Tegishli bitim Oʻzbekiston bosh vazirning oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Jahon bankining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktor Liliya Burunchuk tomonidan imzolandi.

Loyiha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan tegishli ravishda 276 mln dollar va 224 mln dollar miqdorida moliyalashtiriladi.

Ushbu loyiha tufayli Oʻzbekistonning barcha mintaqalaridagi fermerlar va agro korxonalari vakillari uchun zamonaviy texnologiyalar, texnik maslahatlar, ishlab chiqarish, agrologistika, fitosanitariyaning turli bosqichlarida qoʻllab-quvvatlash xizmatlaridan, shuningdek, savdo hajmini oshirish uchun zarur axborot manbalaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Loyihada mahalliy ishlab chiqaruvchilar intensiv bogʻdorchilikni rivojlantirish, issiqxona hujaliklarini tashkil etish hamda mahsulotlarni saqlash, qadoqlash va qayta ishlash quvvatlarini yaratish, shuningdek, energetik va suvni tejaydigan texnologiyalar va qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotib olish nazarda tutilgan.

Shuningdek, loyiha Oʻzbekistondagi qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutlarini modernizatsiya qilish, amaliy tadqiqotlarni oʻtkazish va tarmoqqa ilgʻor ishlanmalarni joriy etishga yordam beradi.

Loyiha tadbirlari urugʻchilikni rivojlantirish, yer va suv resurslarini boshqarish, muayyan hududlarga moʻljallangan agroekologik iqlimga chidamli texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, Oʻzbekistondagi oʻsimliklarning noyob genetik materiallarini saqlash masalalariga qaratilgan boʻladi.

Asosiy mavzular