13:22 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
208 0 0

Hozirgi paytda 164 mamlakat Jahon savdo tashkiloti aʼzosidir. Yigirma toʻrt davlat kuzatuvchi maqomiga ega, Turkmaniston 25-si boʻldi

TOSHKENT, 23 iyul - Sputnik. Turkmaniston Jahon savdo tashkilotida kuzatuvchi maqomiga ega boʻldi, deya xabar beradi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

"2020 yil 22 iyul kuni Jahon Savdo Tashkilotining Jenevadagi shtab-kvartirasida JST Bosh kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi, uning davomida Turkmanistonning tashkilotda kuzatuvchi maqomini olish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqildi”, - deyiladi TIV saytida joylashtirilgan xabarda.

Uchrashuvda Turkmanistonning BMTning Jenevadagi vakolatxonasidagi doimiy vakili Atageldi Xaljanov, shuningdek onlayn-tarzda, Turkmaniston TIV, Savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya va iqtisodiyot vazirligining vakillari ishtirok etdilar.

Xaljanov oʻz nutqida JST Bosh kengashi ishtirokchilarini Turkmanistonning tashkilotga qoʻshilish jarayonining kelib chiqishi, xususan, Turkmanistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishdagi novatorlik siyosati haqida xabardor qildi.

Diplomatning soʻzlariga koʻra, mamlakatning JSTda kuzatuvchi maqomiga ega boʻlishi "Turkmaniston milliy iqtisodiyotining jadal rivojlanishiga koʻmaklashishga, tashqi savdodagi mavqeini mustahkamlashga, koʻp tomonlama hamkorlikni amalga oshirishga, chet eldan sarmoyalarni jalb qilish va xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishga moʻljallangan".

"Bu tijorat va savdo strategiyalarini ishlab chiqishga, shu jumladan ularning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga ham taalluqli", - dedi diplomat.

"Munozaralardan soʻng JST Bosh kengashiga aʼzo davlatlar bir ovozdan Turkmanistonga tashkilotda kuzatuvchi maqomini berish toʻgʻrisida qaror qabul qildilar", - deyiladi TIV xabarida.

Hozirgi paytda 164 mamlakat Jahon savdo tashkilotining aʼzosidir. Yigirma toʻrt davlat kuzatuvchi maqomiga ega, Turkmaniston 25-si boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, iyul oyi boshlarida Oʻzbekiston va JST deyarli 15 yillik tanaffusdan keyin mamlakatni ushbu tashkilotga kirish boʻyicha qoʻshma ishchi guruhining yigʻilishini oʻtkazdi. Natijada 20-31 iyul kunlari tovarlar va xizmatlar bozoriga kirishni taʼminlash masalalari boʻyicha ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish toʻgʻrisida kelishuvlarga erishildi. Shuningdek tomonlar, muzokaralarning navbatdagi bosqichiga - ishchi guruhning Oʻzbekistonning JSTga kirishi toʻgʻrisidagi hisobotining asosi boʻlgan amaliy xulosa tayyorlashga oʻtishni rejalashtirmoqdalar.

Bungacha, aprel oyining oxirida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi respublikaning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YEOII) kuzatuvchi maqomida qoʻshilishini maʼqulladi. Ushbu yangilikni izohlar ekan, YE.M. Primakov nomidagi RFA IMEMOning Postsovet tadqiqotlari markazi sektori rahbari Yelena Kuzmina bu foydali tayyorgarlik bosqichi ekanligini taʼkidladi. Shuningdek, u eslatishicha: YEOIIga kiruvchi Rossiya, Qozogʻiston va Qirgʻiziston, Oʻzbekistonning asosiy savdo sheriklaridandir, RF, Qozogʻiston va Qirgʻiziston respublikalari bilan umumiy savdo hajmi Xitoy bilan taqqoslaganda kattaroq.

Asosiy mavzular