03:46 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Iqtisod
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1238)
259 0 0

Oʻzbekiston koronavirusga qarshi kurash Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro valyuta jamgʻarmasidan koronavirusga qarshi kurashish uchun 1 milliard dollardan ortiq kredit olgan.

TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Xalqaro tashkilot va jamgʻarmalar tomonidan koronavirusga qarshi kurashish uchun Oʻzbekistonga ajratilgan kreditlarning umumiy hajmi 1 milliard dollardan oshdi.

Moliya vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Jahon banki tomonidan Islohotlarni qoʻllab-quvvatlash loyihasi (2-transh) yuzasidan qoʻshimcha moliyalashtirish sifatida 200 million dollar miqdoridagi imtiyozli kredit 30 yil muddatga (shundan, 5 yil imtiyozli davr) 1,2 foiz oʻzgaruvchan stavkada (6 oylik libor + 0,88 foiz oʻzgaruvchan spred) ajratildi.

Shu bilan birga, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi tomonidan respublika iqtisodiyotiga koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida 375 million AQSH dollari ekvivalentida kredit mablagʻlari ajratildi.

Imtiyozli kreditlar oʻz ichiga 10 yil muddatga (shundan, 5 yil imtiyozli davr) 125 million AQSH dollariga teng foizsiz tezkor kreditlash liniyasi va 5 yil muddatga (shundan, 3 yil imtiyozli davr) 250 million AQSH dollari 1,05 foiz oʻzgaruvchan stavkadagi tezkor moliyalashtirish instrumentini oladi.

Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 500 million AQSH dollari miqdoridagi byudjetni qoʻllab-quvvatlash uchun imtiyozli kredit 15 yilga (shundan, 3 yil imtiyozli) 0,84 foiz oʻzgaruvchan stavkada (6 oylik libor + 0,5 foiz) ajratildi.

Taʼkidlanishicha, Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasiga xalqaro moliyaviy institutlardan jalb qilingan mablagʻlarni prezidentning hamda hukumatning tegishli farmon, qaror va koʻrsatmalariga asosan ajratilmoqda.

Xabarda mazkur ajratilgan mablagʻlarning sarfi boʻyicha tegishli maʼlumotlar Moliya vazirligi tomonidan muntazam ravishda eʼlon qilinib kelinayotgani qoʻshimcha qilingan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1238)

Asosiy mavzular