03:51 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Iqtisod
Havola olish
785 0 0

Barcha hududlarda davolash oʻrinlari va tibbiy uskunalar soni bir necha barobar koʻpaytirilgani, tez tibbiy yordam va davolash sifati yaxshilangani natijasida oxirgi bir haftada mamlakat boʻyicha koronavirusdan sogʻayish koʻrsatkichi oshgani qayd etildi.

TOSHKENT, 11 avg - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev atrof-muhitni muhofaza qilish va aholi salomatligini saqlash masalalari muhokama qilish mavzusida oʻtkazilgan yigʻilishda Mirziyoyev karantin talablarini yumshatish muhimligini taʼkidladi. Bu haqda prezident matbuot-xizmati xabar bermoqda.

"Videokonferentsaloqa shaklida oʻtgan tadbir boshida davlatimiz rahbari koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyatga toʻxtalib oʻtdi. Xususan, barcha hududlarda davolash oʻrinlari va tibbiy uskunalar soni bir necha barobar koʻpaytirilgani, tez tibbiy yordam va davolash sifati yaxshilangani natijasida oxirgi bir haftada mamlakatimiz boʻyicha koronavirusdan sogʻayish koʻrsatkichi oshgani qayd etildi. Fuqarolar hayoti va sogʻligʻi himoyasini yanada kuchaytirgan holda, pandemiya sharoitida yashash va ishlashda davom etish, karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish muhimligi taʼkidlandi", - deyiladi xabarda.

Yigʻilish davomida mamlakatda ekologik xavfsizlikni taʼminlash masalalari atroflicha koʻrib chiqildi.

Xususan, Orol dengizining qurigan tubida oʻrmonzorlar barpo etilib, Orolboʻyidagi shahar va tumanlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar jadal amalga oshirilayotgani, atrof-muhitni va aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida chiqindilarni yigʻish va qayta ishlash boʻyicha izchil ishlar olib borilayotgani, ayniqsa, hozirgi pandemiya sharoitida bu masalalar yanada dolzarb ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

 

Muhokamada ekologik nazoratni kuchaytirish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Ayrim zavodlar havoga meʼyordan ortiqcha tashlanma chiqarib, atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Bunday holatlar fuqarolarning haqli eʼtiroziga sabab boʻlmoqda.

Shu bois Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga havo ifloslanishini tezkor tahlil qiladigan mobil laboratoriyalar bilan har bir hududni taʼminlash topshirigʻi berildi. Bosh vazir oʻrinbosariga atrof-muhitga yuqori va oʻrta xavfli 240 ta yirik sanoat korxonasida zamonaviy lokal tozalash inshootlarini oʻrnatish va mavjudlarini modernizatsiya qilish boʻyicha dastur ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

Asosiy mavzular