13:05 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
172 0 0

Rossiya va Oʻzbekiston hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari sifatida - qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat, qurilish-yoʻlsozlik, mashinasozlik, farmatsevtika, raqamli texnologiyalar va chakana savdo sohalarini koʻrib chiqmoqda.   

TOSHKENT, 20 avg -  Sputnik. Kecha 19 avgust kuni boʻlib oʻtgan uchrashuvda Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manutrov hamda Oʻzbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Rossiya va Oʻzbekiston orasida hamkorlik memorandumini imzolashdi.

Hujjatning asosiy maqsadi – ikki mamlakat orasida oʻzaro manfaatli boʻlgan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishdir. Memorandum ikki davlat ishbilarmon doiralari orasida uchrashuvlar tashkil qilish, qoʻshma korxonalar tashkil qilish, sanoat va savdo sohalarida ikki tomonlama investitsion loyihalar amalga oshishi uchun qulay sharoitlar yaratishni nazarda tutadi. Undan tashqari hujjat milliy qonunchilik, istiqbolli savdo va sarmoyaviy loyihalar borasida ikki tomonlama axborot almashinuvini nazarda tutgan.

Ushbu memorandumni amalga oshirish uchun biz maxsus ishchi guruh – loyiha ofisi tashkil qilamiz. Uning faoliyatiga savdo va sanoat sohasida ishlayotgan Rossiya va Oʻzbekiston ixtisoslashgan tashkilotlari vakillari jalb etilishi mumkin boʻladi, dedi Denis Manturov.  

Memorandum imzolashdan oldin Denis Manturov va Sardor Umurzakov ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazib, unda hamkorlikning hozirgi holati va istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qilishdi. Ular orasida qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat, qurilish-yoʻlsozlik, mashinasozlik, farmatsevtika, raqamli texnologiyalar va chakana savdo yoʻnalishlari bor.   

Tomonlar pan demiya sharoitiga qaramasdan, 2020 yilning birinchi yarmida Rossiya va Oʻzbekiston savdo-iqtisodiy hamkorligi ijobiy natija koʻrsatganini qayd etishdi. Xususan 2020 yilning yanvarida savdo hajmi 18%ga, Rossiyaning Oʻzbekistonga eksporti esa 24,5ga oʻsganini qayd etishdi.

 

Asosiy mavzular