21:01 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Iqtisod
Havola olish
143 0 0

Jismoniy shaxslar qimmatbaho yombilar va tangalarni Oʻzbekiston tashqarisiga cheklovlarsiz olib chiqishi mumkin.

TOSHKENT, 27 sen — Sputnik. Jismoniy shaxslar qimmatbaho yombilar va tangalarni Oʻzbekiston tashqarisiga cheklovlarsiz olib chiqishi mumkin. Bu haqda prezident imzolagan “Qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonda koʻzda tutilgan.

Farmonga muvofiq, jismoniy shaxslar tegishli sertifikatlar mavjud boʻlganda, qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilar va Markaziy bankning qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini respublika hududidan tashqariga bojxona deklaratsiyasini toʻldirgan holda cheklovlarsiz olib chiqishi mumkin.

Farmonga koʻra, Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tugatilib, Markaziy bankda Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmati tashkil etildi.

Shuningdek, birja savdolarida sotiladigan qimmatbaho metallarni respublika hududlariga yetkazib berish mexanizmi joriy etiladi.

Asosiy mavzular