00:25 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
96 0 0

Prezident kelgusi yilda mahalliy ishlab chiqarish uygʻunlik darajasini 50 foizga yetkazish vazifasi belgiladi.

TOSHKENT, 29 sen - Sputnik. Oʻzbekiston korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar yil sayin sifati yaxshilanib, xalqaro standartlarga mos qilinmoqda. Bu haqida 28 sentyabr kuni prezident huzurida boʻlib oʻtgan standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya tizimidagi islohotlar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda aytib oʻtildi.

Maʼlum boʻlishicha, ayni damda Respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 43% xalqaro meyorlarga muvofiqlashtirilgan. Qabul qilingan standartlar soni 12 mingtaga yetgan va bu albatta eksport miqdorini oshirishga xizmat qilmoqda. 

Yigʻilishda prezident tomonidan 2021 yil yakuniga qadar xalqaro standartlar sonini 14 mingtaga, uygʻunlik darajasini 50 foizga yetkazish vazifasi belgilandi va xalqaro standartlarni joriy etish mahsulot eksporti uchun muhim vazifa ekani qayd etildi. 

– Agar mahsulot xalqaro sertifikatga ega boʻlmasa, u hech qachon raqobatbardosh boʻla olmaydi. Mamlakatda har bir tadbirkor standartni bilishi, tanishi kerak, shunday muhit yaratish zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shunigdek, nafaqat toʻqimachilik sohasida, balkim oziq-ovqat va avtomobil ehtiyot qismlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarida ham 5 mingga yaqin eski standartlarni bekor qilib, zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etish taklif qilindi.   

 

Asosiy mavzular