23:28 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
402 0 0

Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga oʻz biznesini tashkil etish uchun 33 million soʻmgacha mikrokreditlar taʼminotsiz ajratiladi

TOSHKENT, 14 okt — Sputnik. “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 15 noyabrdan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi tartiblari joriy etiladi:

- Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan tashkil etilgan oʻquv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlariga sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdori davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi;

- ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olgan shaxslarga oʻz biznesini tashkil etish uchun mikrokredit ajratiladi.

“Mikrokreditbank” ATB tomonidan nodavlat taʼlim tashkilotlari maxsus sertifikatini olgan:

  • tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga oʻz biznesini tashkil etish uchun 33 million soʻmgacha mikrokreditlar taʼminotsiz ajratiladi;
  • mikrofirma va kichik korxona taʼsis etgan shaxslarga uchinchi shaxs kafilligi, sugʻurta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining kafilligi asosida 225 million soʻmgacha mikrokreditlar ajratiladi.

Bunda mikrokreditlar 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.

Qarorga koʻra, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish orqali tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadlariga 100 million AQSH dollari ekvivalentida mablagʻ ajratiladi.

2022 yil 1 yanvardan Tadbirkorlikka oʻqitishning yagona tizimi ishga tushiriladi.

2021 yil 1 yanvarga qadar “Mikrokreditbank” ATBning aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish boʻyicha yangi biznes modeli ishlab chiqiladi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi aholini tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, xususan, ularni oʻqitish, mikrokredit ajratish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish borasida vakolatli davlat organi etib belgilandi

Asosiy mavzular