08:59 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
133 0 0

Transport vazirligi “Toshshahartransxizmat” AJ uchun uch yil ichida 1 trln soʻmga 300 katta sigʻimli shahar elektrobuslari va quvvatlash uskunalarini xarid qilishni taklif qilmoqda.

TOSHKENT, 15 okt — Sputnik. Oʻzbekiston Transport vazirligi 2021-2023 yillarda “Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi korxonalar harakat tarkibini yangilash dasturi toʻgʻrisida Vazirlar mahkamasi qarorini muhokamaga qoʻydi.

Hujjatda keltirilishicha, 2019-2020 yillarda Belarus va Xitoyda ishlab chiqarilgan katta sigʻimli elektrobuslar Toshkentda test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtkazilgan. Ular yoʻlovchilar uchun qulay, shovqinsiz, atmosferaga zararli moddalar chiqarmaydi.

Birinchi elektrobus Toshkent yoʻllariga chiqdi

Shu munosabat bilan vazirlik 2021-2023 yillar davomida har yili 100 donadan, jami 300 dona katta sigʻimli shahar elektrobuslari va quvvatlash uskunalarini xarid qilishni taklif qilmoqda. Yetkazib beruvchini tender asosida tanlash rejalashtirilmoqda.

Press-slujba "Toshshaxartranksizmat"

Har bir elektrobus taxminan 3,2 mlrd soʻmga baholangan. Har yili 100 ta elektrobus xarid qilishga 325 mlrd soʻm, uch yilda 967 mlrd soʻm sarflanishi koʻzda tutilmoqda. 300 ta quvvatlash uskunalari 30,5 mlrd soʻmga baholangan. Shunday qilib, loyihaning umumiy qiymati 1 trln soʻmni tashkil etadi.

Moliyalashtirish manbai “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning 7 yillik muddatga, bir yillik imtiyozli shartlar bilan, Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning 0,5 foizdan ortiq boʻlmagan marjasi qoʻshilgan holda ajratiladigan kredit mablagʻlari hisoblanadi.

Poytaxtda yana bir elektrobus sinovdan oʻtmoqda

Kredit mablagʻlarini qoplash, foizlar, komissiyalar va jalb qilinayotgan kreditlarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa harajatlarni toʻlash davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, elektrobuslar va quvvatlash uskunalaridan foydalanishning kafolat muddati davrida ularning ishdan chiqqan qismlari oʻrniga yetkazib beriladigan ehtiyot qismlar hamda materiallar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etish taklif qilinmoqda.

Asosiy mavzular