19:19 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
18610

AQSH Savdo vakilining hatida ushbu qarorni qabul qilishning asosiy omillari bu – Oʻzbekiston hukumati tomonidan ishchilar huquqlarini himoya qilishni yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar ekani taʼkidlanadi.

TOSHKENT, 4 noya — Sputnik. Oʻzbekiston tovarlarni AQShga bojsiz yetkazib berish huquqini saqlab qoldi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, 30 oktyabr kuni AQSH prezidenti administratsiyasining Savdo vakili (USTR) R.Laytxazer Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga ishchilarning huquqlarini taʼminlash mezoni boʻyicha Oʻzbekistonga nisbatan Preferentsiyalar bosh tizimining (PBT) qoʻllanilishini qayta koʻrib chiqish jarayonini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida xat yuborgan.

“Ushbu qaror bilan AQSH Savdo vakili Oʻzbekistonning AQSH bilan bojsiz savdo qilish rejimidan foydalanish huquqini saqlab qoldi va shu bilan birga, Respublikaga nisbatan 12 yil davomida ochiq boʻlib kelgan majburiy mehnat boʻyicha ishni yopdi”, - deyilgan xabarda.

Preferentsiyalar bosh tizimi - 1974 yildagi Savdo toʻgʻrisidagi qonuniga muvofiq rivojlanayotgan mamlakatlardan AQSH hududiga tovarlarni olib kirish borasidagi importga nisbatan oʻrnatilgan bojsiz rejimdir. 1994 yilning avgust oyida Oʻzbekistonga PBT benefitsiari maqomi (AQShga tovarlarni bojsiz yetkazib berish huquqi) berildi.

AQSH Savdo vakilining hatida ushbu qarorni qabul qilishning asosiy omillari bu – Oʻzbekiston hukumati tomonidan ishchilar huquqlarini himoya qilishni yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar ekani taʼkidlanadi.

Xususan, Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan olib borilgan monitoring natijalariga tayangan holda Oʻzbekiston hukumati tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar va qonunchilikdagi oʻzgarishlar natijasida ketma-ket besh yil davomida bolalar mehnatidan tizimli foydalanish holatlari bartaraf etilishi va majburiy mehnatning sezilarli darajada kamayishi eʼtirof etilmoqda.

Oʻzbekistonning boshqa salmoqli yutuqlari qatorida AQSH Savdo vakili paxta yigʻim-terimi majburiy hajmlarning bekor qilinishi va paxta terimchilari uchun haq toʻlash miqdorlarining sezilarli darajada oshishini taʼkidladi, buning natijasida esa majburiy mehnat amaliyoti bartaraf etilishi uchun sharoitlar yaratildi.

Asosiy mavzular