10:39 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Iqtisod
Havola olish
399 0 0

Shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari rahbarlari ittifoqning 2025 yilgacha boʻlgan integrallashuv rivojlanish strategiyasini maʼqulladilar. Tafsilotlar - materialimizda.

TOSHKENT, 12 dek - Sputnik. Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining (OYEIK) navbatdagi yigʻilishi 2021 yilning may oyiga rejalashtirilgan, deb maʼlum qildi brifingda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEIK) rahbari Mixail Myasnikov, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yigʻilishi taxminan kelgusi yil may oyida oʻtishi belgilangan boʻlib, unda 2025 yilgacha strategiyani amalga oshirish rejalari, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash boʻyicha berilgan koʻrsatmalar va boshqa koʻplab boshqa masalalar boʻyicha hisobot berishimiz kerak boʻladi", - dedi u.

YEIK rahbarining oʻrinbosari Iya Malkina keyinroq brifing davomida yigʻilish Qozogʻistonda boʻlib oʻtishini aytib oʻtdi.

Kuni kecha, juma kuni Myasnikovich YEOII mamlakatlari rahbarlari 2025 yilgacha ittifoq integratsiyasi boʻyicha rivojlanish strategiyasini tasdiqlashgani haqida xabar bergan edilar.

Unda muhim "qoʻshimcha qiymat" mavjud - bu "ilgari integratsiya kun tartibida koʻzda tutilmagan investitsiya va innovatsion faollikni oshirish, ittifoqning kooperativ va ilmiy-ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va uni zamonaviy dunyo taraqqiyotining muhim markazi sifatida shakllantirish boʻyicha choralar va mexanizmlardir"

Hujjatda, shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi toʻgʻrisidagi shartnomada koʻzda tutilmagan sohalar: taʼlim va fan, turizm, sport va sogʻliqni saqlash sohalarida hamkorlik mexanizmlarini aniqlashtirilgan.

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi kengashiga 2021 yilning birinchi choragida strategik yoʻnalishlarni amalga oshirish boʻyicha harakatlar rejasini tasdiqlash, aʼzo davlatlar hukumatlari va YEIKga esa - hujjat ijrosini taʼminlash topshirigʻi berilgan.

Asosiy mavzular