TOSHKENT, 19 yanv - Sputnik. Ortib borayotgan ichki isteʼmol talabini qondirish uchun tabiiy gaz importini yoʻlga qoʻyishga ruxsat berildi, dub xabar qildi “Oʻztransgaz” AJ matbuot kotibi Shahnoza Ravshanova AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda.
Sir emaski bugungi kunda Respublika isteʼmolchilarini gaz bilan taʼminlashda muammolar mavjud. Ushbu muammolarga turli sabab va asoslar bor. Oʻtgan yilda qabul qilingan "Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmlarini takomillashtirish toʻgʻrisidagi" prezident qaroriga muvofiq ushbu muammolar hal qilina boshlandi.
Birinchidan, 2021 yil oxiriga qadar tabiiy gazning yirik ulgurji isteʼmolchilari gazni birjadan toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olish huquqiga ega boʻladi.
Ikkinchidan, ortib borayotgan ichki isteʼmol talabini qondirish uchun tabiiy gaz importini yoʻlga qoʻyishga ruxsat berildi.
Lekin, gazni import qilish uchun gaz transporti tizimni modernizatsiya qilish talab etiladi. Buni amalga oshirish uchun Oʻztransgaz tomonidan maxsus loyiha ishlab chiqarilgan. Unga koʻra AJ 400 kmdan ortiq gaz quvurini qurishi, taʼmirlashi va rekonstruktsiya qilishi talab etiladi.
Ayni damda ushbu qurilish ishlarini amalga oshirish uchun gaz quvurlariga aloqador 10ta tashiklotning 400 nafarga yaqin payvandchilari attestatsiyadan oʻtmoqda. Jarayonga tajribali xorijiy mutaxassislarni taklif qilish ham nazarda tutilgan.
Maʼlumot uchun, “Oʻztransgaz” AJ Respublikada gazni transport qilish vazifasini bajaradi. Uning 14ta hududiy tashkiloti va 8 mingdan ortiq xodimlari bor. Oʻtgan yil aholiga 40 mlrd kub metr tabiiy gaz yetkazib berilgan.
2020 yilning 1 iyulidan boshlab “Oʻztransgaz” AJ faqat toʻgʻridan toʻgʻri gaz taʼminoti tizimiga ulangan, IESlar, Issiqlik taʼminoti tarmoqlari va Oʻzkimyosanoat kabi tashkilotlarga tabiiy gaz yetkazib berish bilan shugʻullanadi.
“Xududgaztaʼminot” AJ esa, taqsimlash gaz taʼminoti quvurlariga ulangan ulgurji isteʼmolchilar, AGTKSH, gʻisht, tsement va ohak ishlab chiqaruvchilar hamda aholiga bevosita gaz yetkazib berish bilan shugʻullanadi.