01:26 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB145.97
  • EUR11411.48
  • USD10173.38
Hodisalar
Havola olish
Istanbuldagi tungi klubda amalga oshirilgan terakt (12)
24012

Ilgariroq Istanbuldagi tungi klubda roʻy bergan terakt Oʻzbekiston yoki Qirgʻiziston fuqarosi tomonidan amalga oshirilgan boʻlishi mumkin, degan xabarlar tarqatilgan edi. Ayni vaqtda mudhish terrorchilik aktida Qirgʻiziston fuqarosi gumonlanayotgani aniq boʻldi

TOSHKENT, 3 yanv — Sputnik. Istanbuldagi tungi klubda amalga oshirilgan teraktda Qirgʻiziston fuqarosi gumon qilinmoqda. Turk OAVlariga koʻra, terrorni amalga oshirgan shaxs uch oy oldin olingan Qirgʻiziston fuqarosi pasportiga ega boʻlgan, deb yozmoqda Sputnik Qirgʻiziston nashri.

Xabarda taʼkidlanishicha, Turkiya huquqni muhofaza qilish organlari Istanbuldagi tungi klubda terrorchilik aktini amalga oshirganlikda gumonlanayotgan jinoyatchining shaxsini aniqlashga muvaffaq boʻlgan. Taxminlarga koʻra, tungi klubga hujum qilgan terrorchi — bu Qirgʻiziston fuqarosi, 28 yashar Yaxʼyo Mashrapovdir.

​Terrorda gumonlanayotgan shaxs pasporti Turkiyaning TRT World telekanali efirida namoyish etilgan.

Hujjat 2016 yilning 21 oktyabrida Qirgʻiziston Davlat roʻyxatdan oʻtkazish xizmati tomonidan berilgan.

Eslatib oʻtamiz, teraktni amalga oshirgan shaxs hozircha ozodlikda. Turkiya kuch ishlatish xodimlari uni qidirishda davom etmoqda.

Istanbul shahrining Zeytinburnu tumanida 2 yanvarga oʻtar kechasi jinoyatchini qoʻlga olish boʻyicha maxsus operatsiya amalga oshirilgan.

Ilgariroq esa, Turkiya politsiyachilari tungi klubdagi mudhish terrorchilik akti Oʻzbekiston yoki Qirgʻiziston fuqarosi tomonidan amalga oshirilgan boʻlishi mumkinligini maʼlum qilgan edi.

Tungi klubga amalga oshirilgan hujum oqibatida 39 kishi, shu jumladan 16 nafar chet el fuqarolari halok boʻlgan.

Ushbu terakt uchun javobgarlikni "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi oʻz boʻyniga olgan.

Mavzu:
Istanbuldagi tungi klubda amalga oshirilgan terakt (12)
Teglar:
tungi klub, Istanbul, terakt, selfi

Asosiy mavzular