23:04 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Hodisalar
Havola olish
67621

Yangi yil kechasi Istanbuldagi Reina tungi klubiga qurolli hujum uyushtirgan oʻzbekistonlik Abdulqodir Masharipov suddan oʻziga oʻlim jazosi berilishini soʻradi

TOSHKENT, 14 fev — Sputnik. Istanbuldagi Reina tungi klubiga qurolli hujum uyushtirgan oʻzbekistonlik Abdulqodir Masharipov suddan oʻziga oʻlim jazosi berilishini soʻradi, deb xabar qilmoqda Sputnik Turkiya.

Nashrga koʻra, Masharipov Istanbulda terakt uyushtirish topshirigʻini avval biror marta uchrashmagan Abu Jihod ismli shaxsdan olganini tan olgan. Mana shu shaxs kuryer orqali Masharipov yashaydigan xonadonga oltita oʻqdoni oʻq toʻla avtomat va uchta granatani yetkazib bergan. "Men "Islom davlati" uyushmasi aʼzosiman, mening maqsadim nasroniylarni oʻldirish edi. Abu Jihod ular Taqsim maydonida toʻplanishadi deb aytdi", — degan Masharipov.

Ammo 31 dekabr kuni Taqsimda politsiyachilar soni koʻp boʻlgani uchun Masharipov Abu Jihod bilan kelishgan holda hujum rejasini oʻzgartiradi va bu safar Reina tungi klubiga qaror qilishadi.

"Men odamlarga qarata oʻt ochdim, keyin ikkita granatani uloqtirdim. Yana bitta granatani boshim uzra ushlagan holda portlatdim, ammo u shovqin koʻtaruvchi boʻlib chiqdi va shu bois men oʻlmadim. Meni oʻlim jazosiga hukm qilishsa yaxshi boʻlardi, chunki men klubga oʻlish uchun borgan edim", — degan Masharipov. Ammo Turkiyada oʻlim jazosi bekor qilingan.

Eslatib oʻtamiz, 34 yashar Abdulqodir Masharipov 1 yanvarga oʻtar kechasi Reina tungi klubiga qurolli hujum qilib, 39 kishini otib tashlagan va yana 69 odamni yaralagan edi.

Teglar:
Masharipov, terakt, Istanbul

Asosiy mavzular