21:30 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Hodisalar
Havola olish
102301

Samarqandlik fuqaro 9 ming dollardan ziyod valyuta va 330 ming rublga yaqin mablagʻlarni bagaj sumkasining ichidagi sportivkasiga oʻragan holda olib oʻtishga uringan

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. 2017 yil 20 noyabr kuni Samarqand aeroportidan umumiy hajmi 120 million soʻmdan ortiq valyutani yashirincha yoʻl bilan olib chiqib ketmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi, deb xabar qildi Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi matbuot-xizmati.

""Samarqand-Sankt-Peterburg" aviareysi bilan uchib ketayotgan yoʻlovchilardan biri samarqandlik M.Xaydarov (ism-sharifi oʻzgartirilgan) shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovlar vaqtida maʼlum qilinmagan juda koʻp miqdordagi yaʼni, 9420 AQSH dollari va 325 880 Rossiya rublini bagaj sumkasining ichidagi koʻk rangli erkaklar sport kiyimiga oʻralgan qora rangli "Jeep Buluo" nomli qoʻl sumkasiga bekitgancha olib oʻtishga uringani aniqlandi", — deyiladi xabarda.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Samarqand boʻlimining ekspertiza dalolatnomasiga koʻra, fuqaro M.Xaydarovdan olingan Rossiya rubli va AQSH dollari banknotalari haqiqiy deb koʻrsatilgan, olingan chet el valyutalarining umumiy miqdori 120 mln. 417 ming 120 soʻm 60 tiyinni tashkil etgan.

Hozirda, mazkur holat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi M. Xaydarovga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 182-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksining 240-moddasiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilishi va olib chiqilishi ustidan nazorat jismoniy shaxslar bojxona chegarasini kesib oʻtayotganda bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Amaldagi tartiblarga muvofiq, respublikamizda rezidentlarga 2000 AQSH dollari ekvivalentidagi naqd xorijiy valyutalarni yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozma qayd etish sharti bilan erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi. Bundan ortiq miqdordagi naqd valyutalarni olib chiqish uchun esa vakolatli banklar yoki Markaziy bankning oʻrnatilgan tartibdagi ruxsatnomasi talab etiladi.

Norezidentlarga esa Oʻzbekistonga kirib kelayotganda oʻzi bilan olib kelgan hamda bojxonaga taqdim etilgan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etilgan miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqishlariga ruxsat etiladi.

Teglar:
qonunbuzar, bojxona, Samarqand, chegara, rubl, dollar

Asosiy mavzular