06:20 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Uzbekskaya valyuta - sum

Oʻzbekistonda qalbaki dollar va soʻm yasagan shaxs qoʻlga olindi

REUTERS / Mukhammadsharif Mamatkulov
Hodisalar
Havola olish
Hodisalar va YTH (78)
130350

Tezkor tadbir davomida qalbaki boʻlgan 2826 dona 10 ming soʻmlik pul kupyuralar va 29 dona 100 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Ichki ishlar organ xodimlari tomonidan qalbaki pullarni yasashda gumon qilingan Qorauzak tumanida yashovchi fuqaro qoʻlga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti matbuot xizmatiga tayangan holda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 2018 yil 12 fevral kuni nomaʼlum shaxs Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumani hududida yakka tartibdagi tadbirkor boʻlib ishlovchi A ismli shaxsni ishonchiga kirib, uni aldab, 26 dona qalbaki 10 ming soʻmlik kupyura pullarini berib, 2 qop un mahsulotlarini sotib olgan.

Ichki ishlar organ xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida qalbaki pullarni yasashda gumon qilingan Qorauzak tumanida yashovchi fuqaro O qoʻlga olinib, uning yonidan qalbaki boʻlgan 2826 dona 10 ming soʻmlik pul kupyuralar va 29 dona 100 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Tergov-tezkor tadbirlari davomida gumonlanuvchi O ushbu qalbaki pullarni Qozogʻiston Respublikasida yashovchi V ismli shaxs bilan birgalikda yasaganligi va Oʻzbekistonga oʻtkazish maqsadida olib kirganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi "v" bandi yaʼni, oʻtkazish maqsadida qalbaki pul va chet el valyutasini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, yasash yoki ularni oʻtkazish alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzu:
Hodisalar va YTH (78)

Asosiy mavzular