14:51 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Izʼyatiye marixuanы

Toshkent viloyatidagi uy omborxonasida 13 kg.dan ortiq “marixuana” fosh etildi

© Sputnik / Oleg Lastochkin
Hodisalar
Havola olish
176 0 0

Giyohvandlik moddasi ichki ishlar xodimlari tomonidan ashyoviy dalil sifatida olindi.

TOSHKENT, 28 fev – Sputnik. Toshkentida viloyat ichki ishlar xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar 13 kg. 16 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasi topildi. Bu haqda Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Bunyodkor mahallasi Uzumzor koʻchasida yashovchi fuqaroning uyi omborxonasida berkitib saqlayotgan 13 kg. 16 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasi topilgan.

Giyohvandlik moddasi ichki ishlar xodimlari tomonidan ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular