18:20 20 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Siluet cheloveka s nojom v ruke

Toshkentda 67 yashar ayolni oshxonasida oʻldirib ketgan qotil qoʻlga olindi

CC0 / pixabay
Hodisalar
Havola olish
346 0 0

Mazkur qotillikni Chilonzor tumani yashovchi ayol sodir etganligi aniqlandi.

TOSHKENT, 3 apr – Sputnik. Toshkentda oshxonasidan jasadi topilgan ayolning qotili ushlandi.

Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining maʼlum qilishicha, joriy yilning 30 mart kuni Toshkent shahrining M.Ulugʻbek tumanida yashagan 67 yoshli ayolning jasadi uyi oshxonasidan boʻyin qismida sanchilib-kesilgan jarohati bilan topilgan va holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan edi.

“Koʻrilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chilonzor tumani 19-dahada yashovchi A.A. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, ushlangan”, - deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur jinoiy ish yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Asosiy mavzular