00:44 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Prestupnik za reshetkoy

Sobiq deputat 10 yilga qamaldi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov
Hodisalar
Havola olish
539 0 0

Sobiq deputat uyushgan transmilliy jinoiy guruhni tashkil etgan. Ushbu guruh xalq isteʼmolidagi tovarlarni juda koʻp miqdorda kontrabanda qilish bilan shugʻullangan.

TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Qirgʻizistonning Jogorku Kenesh sobiq deputati Damirbek Asilbek uulu Olmaotaning maxsus tumanlararo sudi hukmi bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Sputnik Qirgʻiziston xabariga koʻra, sobiq deputat Qozogʻiston JKning 234-moddasi (“Iqtisodiy kontrabanda”) va 264-moddasi (“Uyushgan transmilliy guruh tashkil qilish va unga rahbarlik qilish”) bilan aybdor deb topilgan.

Shuningdek, sud jinoyatchiga jazo muddatini oʻtab boʻlgandan soʻng Qozogʻiston hududiga 5 yil muddatga kirishni taqiqlagan.

Prokurorning sud muzokarasida soʻzlagan nutqiga koʻra, 2016 yil noyabr oyida Jogorku Kenesh sobiq deputati uyushgan transmilliy jinoiy guruhni tashkil etgan. Ushbu guruh xalq isteʼmolidagi tovarlarni juda koʻp miqdorda Qirgʻizistondan Qozogʻiston va Rossiyaga kontrabanda qilish bilan shugʻullangan.

Atambayev hibsga olindimi? Qirgʻiziston milliy xavfsizlik qoʻmitasi maʼlumot berdi

Damirbek Asilbek uulu oʻtgan yil fevral oyida maxsus operatsiya chogʻida qoʻlga olingan. U 2015 yilda “Qirgʻiziston” fraktsiyasidan Jogorku Kenesh deputati etib saylangan. U qoʻlga olingandan soʻng qozoq fuqaroligiga ham ega ekanligi oydinlashishi bilan deputatlik mandatidan mahrum qilingan.

Asosiy mavzular