11:56 17 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50

Sankt-Peterburgda Oʻzbekiston fuqarosini yashin urdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich
Hodisalar
Havola olish
709 0 0

Leningrad viloyatida Oʻzbekiston fuqarosi yashin urishidan vafot etdi. Bosh konsulxona vaziyatni nazorat ostiga olgan.

TOSHKENT, 9 iyun – Sputnik. Tashqi ishlar vazirligi xabariga koʻra, 2019 yilning 7 iyun kuni Leningrad viloyatida qurilayotgan obektda yashin urishi natijasida Oʻzbekiston fuqarosi 11.02.1995-yilda tugʻilgan Zuxriddin Rashid oʻgʻli Yusupov vafot etgan.

Sankt-Peterburgdagi Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi ushbu hodisa yuzasidan tekshiruv oʻtkazayotgan Sosnovoborsk tumanlararo tergov boʻlimi bilan aloqa oʻrnatgan va vaziyatni nazoratga olgan. Bosh konsullik huquqiy departamenti marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya bildiradi.

Xabarda aytilishiga koʻra, Sankt-Peterburgdagi Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi Rossiyaning Shimoli-gʻarbiy federal okrugi, yaʼni Arxangelsk, Kaliningrad, Leningrad, Murmansk, Novgorod, Pskov, Vologoda viloyatlari, Kareliya va Komi respublikalari, Nenets-avtonom okrugi hamda Sankt-Peterburg shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga xizmat va yordam koʻrsatadi.

Zarur vaziyatlardar Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilish mumkin: +7-965-029-41-49.

Eslatib oʻtamiz, bir necha yil oldin Oʻzbekiston fuqarolari Rossiya hududida ogʻir vaziyatlarga tushib qolganda, vafot etganda – ularning oʻzlari ushbu vaziyatni hal qilishiga toʻgʻri kelar edi. Xususan, vafot etgan fuqaroning jasadini Oʻzbekistonga olib borish xarajatlarini oʻzlari yonidan qoplashi kerak boʻlardi.

Soʻnggi 2 yil davomida, ushbu vaziyatga chek qoʻyildi: fuqarolar ogʻir vaziyatga tushib qolgan, favqulodda holatrlarda – Oʻzbekiston hukumati tomonidan muntazam yordam berilayotganini kuzatmoqdamiz.

Asosiy mavzular