04:18 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

“Farhod” bozorida keksa yoshli ayol vafot etishi holati yuzasidan bayonot berildi

© XS
Hodisalar
Havola olish
277 0 0

Bozor hududida ikkita bemor borligi maʼlum boʻladi va zudlik bilan boshqa “tez yordam” brigadasi joʻnatiladi. Ammo, “tez yordam” borgunicha bemor yoʻlovchi mashinada shifoxonaga olib ketilgan ekan.

TOSHKENT, 13 iyun – Sputnik. Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Farhod” dehqon bozori hududida keksa yoshli bir ayolning tobi qochgani va chaqirilgan “tez yordam” kechikib kelgani tufayli bemor shifoxonada vafot etgani haqida xabarlar yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ushbu holat oʻrganildi.

Maʼlum boʻlishicha, 2019 yil 8 iyun kuni soat 10:24 va 10:34 oraligʻida Toshkent shahar tez tibbiy yordam stantsiyasi Call markaziga alohida-alohida ikkita qoʻl telefonidan qoʻngʻiroq boʻladi va ulardan biri yoshi 50-60, ikkinchisi 60-70lar oraligʻida ayolning “Farhod” dehqon bozori hududida sogʻligʻi yomonlashganini maʼlum qiladi.

Ushbu maʼlumot zudlik bilan Uchtepa tumani 4-podstantsiyasiga yetkazilib, voqea joyiga “tez yordam” brigadasi joʻnatiladi. Navbatchi dispetcher vaziyatni oʻrganish maqsadida soat 10:44 larda qoʻngʻiroq qilganida “tez yordam” manzilga yetib borib, bemorga birinchi yordam koʻrsatayotgan boʻladi.

Biroq, soat 10:59 da “Farhod” bozoridan yana telefon boʻlib “tez yordam” kutishayotganini maʼlum qilishadi. Shunda bozor hududida ikkita bemor borligi maʼlum boʻladi va zudlik bilan boshqa “tez yordam” brigadasi joʻnatiladi. Ammo, “tez yordam” borgunicha bemor yoʻlovchi mashinada shifoxonaga olib ketilgan ekan.

“Bozorlar, chorrahalar, jamoat joylarida biror baxtsiz hodisa roʻy bersa yoki kimningdir tobi qochib qolsa, odatda voqeaga guvoh boʻlgan yoʻlovchilar “tez yordam” chaqiradi. Bunday murojaatlarda koʻpincha tez tibbiy yordamga muhtoj bemorlar bozorning yoki chorrahaning qaysi burchagida ekanligi aniq koʻrsatilmaydi. Aksariyat hollarda telefon qilgan odam ham voqea joyidan ketib qoladi. Natijada “tez yordam” mashinasi bemorni topolmay ovora-yu sarson boʻladi, bemor topilguncha ancha vaqt yoʻqotiladi. Koʻpchilik hollarda bunday chaqiriqlarda bemorlarni topish imkoniyati boʻlmaydi” - deydi Toshkent shahar tez tibbiy yordam stantsiyasi bosh shifokori Davron Sultonov.

Vazirlik xabarida aytilishicha, bugungi kunda Toshkent shahar tez tibbiy yordam stantsiyasida 179 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholiga xizmat koʻrsatayapti.

Tizimda 705 nafar shifokor va 1150 nafar oʻrta tibbiy xodimlari hamda dispetcherlar faoliyat yuritayapti. Ushbu tez tibbiy yordam brigadalariga kuniga oʻrtacha 3000ga yaqin (kuz-qish mavsumlarida chaqiriqlar 4000 dan ham oshadi) chaqiriq tushadi. Ularga oʻz vaqtida borib tibbiy yordam koʻrsatilyapti.

Tez tibbiy yordam xizmatining muhim boʻgʻini boʻlgan Call- markazlar faoliyati ham takomillashyapti. Toshkent shahar tez tibbiy yordam stantsiya tarkibidagi shunday markazda 2 nafar shifokor 36 nafar oʻrta tibbiy xodim – dispetcherlar aholidan tushgan qoʻngʻiroqlarni qabul qilyapti.

Asosiy mavzular