23:48 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

IIV “Shabboda” kafesidagi yongʻin haqida maʼlumot berdi

Press-slujba MCHS
Hodisalar
Havola olish
240 0 0

Kecha Qora-Qamish-1 koʻchasida joylashgan “Shabboda” kafesida yongʻin sodir boʻldi.

TOSHKENT, 28 iyun – Sputnik. IIV “Shabboda” kafesidagi yongʻin haqida maʼlumot berdi.

IIV xabarida aytilishiga koʻra, Toshkent shahrining Olmazor tumanida 27 iyun kuni soat 20.42da Qora-Qamish-1 koʻchasida joylashgan “Shabboda” kafesida yongʻin sodir boʻlgan. Koʻrilgan choralar natijasida yongʻin soat 21.18 da oʻchirilgan.

“Yongʻin oqibatida kafening tom va ichki qismlari yonib zarar koʻrgan. Jarohat olganlar yoʻq”, - deyiladi xabarda.

Hozirda yongʻin kelib chiqish sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Eslatib oʻtamiz, kecha Toshkentdagi Bek Toʻpi bozorida ham yongʻin sodir boʻlgan edi.

Asosiy mavzular