14:38 20 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Govorite blizkim, chto lyubite ix: kak jenщina chudom spaslas ot smerti

Toshkentda Spark haydab ketayotgan ayol hushidan ketib, “Boʻzsuv” kanaliga quladi

Facebook/Voditeli Tashkenta
Hodisalar
Havola olish
404 0 0

Fuqaro mashina boshqaruvi vaqtida toʻsatdan hushidan ketib, 12 metr balandlikdan chuqurligi 5 metr boʻlgan “Boʻzsuv” kanaliga qulagan.

TOSHKENT, 4 iyul – Sputnik. Toshkentda mashinasida chuqurligi 5 metr boʻlgan “Boʻzsuv” kanaliga​ tushib ketgan fuqaroga yordam koʻrsatildi.

FVV xabariga koʻra, 1 iyul kuni Qibray tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro I.N. Spark rusumidagi avtomobili bilan “Boʻzsuv” kanaliga tushib ketgan.

Hodisaga aniqlik kiritilganda, fuqaro mashina boshqaruvi vaqtida toʻsatdan hushidan ketgani maʼlum boʻlgan. Natijada haydovchi 12 metr balandlikdan chuqurligi 5 metr boʻlgan “Boʻzsuv” kanaliga qulagan. Mashina suvga toʻlgandan soʻng N.I. darz ketgan old oyna orqali chiqishga muvaffaq boʻlgan.

“Mazkur hodisa yuzasidan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib kelib, mashinani kanaldan chiqarib olishdi”, - deyiladi xabarda.

Bu haqda fuqaro N.I. oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida koʻrsatilgan yordam uchun vazirlik vakillariga minnatdorlik bildirgan.

Asosiy mavzular