Toshkentdagi Riviera savdo majmuasida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStroitelstvo torgovo-razvlekatelnogo sentra Rivera
Stroitelstvo torgovo-razvlekatelnogo sentra Rivera   - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nurafshon ko‘chasida qurilayotgan savdo majumasi binosining tom qismi qulab tushishi oqibatida qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarayotgan 4 nafar ishchilar og‘ir turdagi tan jarohatlari olib, vafot etgan.

TOShKENT, 29 avg – Sputnik. Toshkentdagi Riviera savdo majmuasida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

“Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Stroitelstvo torgovo-razvlekatelnogo sentra Rivera   - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda savdo majmuasi qurilishi vaqtida jarohatlanganlar haqida ma’lumot berildi

Eslatib o‘tamiz, Olmazor tumani, Nurafshon ko‘chasida qurilayotgan savdo majumasi binosining metal bilan yopilgan tom qismi qulab tushishi oqibatida qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarayotgan 4 nafar ishchilar og‘ir turdagi tan jarohatlari olib, vafot etgan. 2 nafar ishchilar esa hodisa joyida bo‘lgan fuqarolarning ko‘magi ostida shifoxonaga yotqizilgan.

SSV xabariga ko‘ra, jarohatlanganlar zudlik bilan tekshiruvlardan o‘tkazilib, belgilangan tartibda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Jumladan, O.Sh. o‘ng tavon suyagining sinishi tashxisi bilan o‘rta og‘ir ahvolda,  Z.R.  esa aralash travma, chap yelka suyagining sinishi tashxisi bilan yotqizilgan.

Yangiliklar lentasi
0