21:24 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

“Shumaxerni singlisi”: Toshkentda haydovchi YPX inspektoridan qochib ketishga urindi

Sputnik
Hodisalar
Havola olish
61401

Kerakli hujjatlari boʻlmay turib avtomobilni boshqargan ayol haydovchi YPX inspektoridan qochib ketishga urindi.

TOSHKENT, 20 okt – Sputnik. Toshkentda yoʻl-harakati xavfsizligi inspektori tomonidan Lacetti avtomobilining 25 yoshli ayol haydovchisiga nisbatan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzildi deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.

18 oktyabr kuni ijtimoiy tarmolarda Lacetti avtomobili va uning orqasida quvib ketayotgan YPX avtomobili  videolavha tarqalgan edi. Maʼlum boʻlishicha 17 oktyabrya soat 22:35 larda Toshkent Halqa yoʻlining Olmazor tumanidan oʻtgan qismida YPX inspektori davlat raqami  01D616VV boʻlgan Lacetti avtomobiliga toʻxtatish haqida ishora qiladi.

Haydovchi esa toʻxtash oʻrniga tezlikni oshirib YPX inspektoridan yashirinishga urinadi. Patrul avtomobili bir necha bor ogohlantirishiga qaramasdan qoidabuzar haydovchi harakatini davom ettiradi. Qochib ketishga urinish jarayonida haydovchi yoʻlning qarama-qarshi tomonidan ham harakatlanadi.

Bir necha daqiqa "poygadan" soʻng avtomobil Yunusobod tumanidagi Kaymakova koʻchasida toʻxtatiladi. Tekshirish davomida avtomobilni boshqargan haydovchi 25 yoshli Toshkent viloyatida yashovchi Guliraʼnoning avtomobilni boshqarish uchun kerakli hujjatlarining barchasi yoʻqligi aniqlanadi.

Unga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 135 (kerakli hujjatlarsiz TVni boshqarish) hamda 194 (YPX inspektorining qonuniy talablarini bajarmaslik) bandlari boʻyicha bayonnomalar tuzildi. Avtomobil  jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Asosiy mavzular