TOSHKENT, 9 dek — Sputnik. Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimlariga qarshilik koʻrsatgan va ularni qurol qoʻllashga majbur etgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Toshkent shahar prokuraturasining aniqlik kiritishicha, N.K.I.ga nisbatan Oʻzbekiston JKning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan (“Bezorilik”) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan.
Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq IIBB xodimlari mast holdagi va pichoq bilan tahdid qilgan haydovchini ushlash uchun qurol qoʻllashga majbur boʻlishgani xabar qilingan edi.