21:24 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Hodisalar
Havola olish
279 0 0

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov mamlakatda yil boshidan buyon 32 nafar jangari, jumladan, ularning 9 nafar boshligʻi yoʻq qilingani maʼlum qildi.

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Rossiyada yil boshidan buyon 32 nafar jangari, jumladan, ularning 9 nafar boshligʻi yoʻq qilingan. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

U ochiqlagan maʼlumotlarga qaraganda, yana 41 nafar boshliq, 241 nafar jangari va 606 nafar sheriklari qoʻlga olingan

Bortnikov maxsus xizmat xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga hujum uyushtirish va boshqa jinoyatlarni rejalashtirgan xalqaro terrorchilik tashkilotlarining 78 ta yashirin yacheykalarini fosh etishga muvaffaq boʻlishganini taʼkidlagan.

Uning soʻzlariga koʻra, xalqaro terrorchilar tomonidan solayotgan tahdidlar saqlanib qolayotgan boʻlsa-da, terrorchilik jinoyatlari soni kamayishda davom etmoqda.

“Terrorchilar terrorchilik harakatlarini sodir etishga qaratilgan yashirin yacheykalarni shakllantirishga urinishda davom etmoqda", - deydi Bortnikov

Mavzu boʻyicha

FSB oʻz kursdoshlarini oʻldirmoqchi boʻlgan talabani qoʻlga oldi  
FXX rahbari: terrorchilar Rossiyada chet el talabalarini oʻz saflariga yollashga urinishmoqda
Rossiya va Oʻzbekiston 13 ta terrorchilik tashkiloti yacheykalarini fosh etdi
Teglar:
FXX, Rossiya, jangarilar

Asosiy mavzular