Toshkentdagi yirik YTH oqibatida 10 kishi jarohat oldi

© GUVDV DTP v Tashkente postradali 10 chelovek
V DTP v Tashkente postradali 10 chelovek - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
20 yoshli “Lacetti” haydovchisi Bunyodkor — Baynalminal ko‘chasi bo‘ylab katta tezlikda harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada qarama-qarshi yo‘lga o‘tib ketgan va uchta mashina bilan to‘qnashgan.

TOShKENT, 26 dek – Sputnik. Toshkent shahrida to‘rtta avtomobil ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Uning oqibatida 10 kishi jarohatlandi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, YTH Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida 25-dekabr to‘rtta avtomobil — “GAZ 3302”, “Damas”, “Lacetti” va “VAZ 2106” ishtirokida yuz bergan.

DTP v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Joriy yil 11 oyida eng ko‘p YTH sodir bo‘lgan hududlar ma’lum qilindi

Ma’lum qilinishicha, YTH oqibatida “VAZ 2106” haydovchisi va uning to‘rt nafar yo‘lovchisi,”Lacetti” haydovchisi va uning uch nafar yo‘lovchisi, shuningdek, “Damas” yo‘lovchisi turli darajadagi tan jarohatlari olgan va shifoxonaga yetkazilgan.

Xabarda YTHga “Lacetti” haydovchisi, 20 yoshli T.M.ning Bunyodkor — Baynalminal ko‘chasi bo‘ylab katta tezlikda harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Mashina beton to‘siqni oshib o‘tib, qarama-qarshi yo‘lga o‘tib ketgan va uchta mashina bilan to‘qnashgan.

Hozirda tergovoldi harakatlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0