00:22 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Hodisalar
Havola olish
987 0 0

Xoʻranda ovqatlanish shohobchasidan qarzdor boʻlgach, yonida puli yoʻqligi sababli garovga qoldirgan telefonini qaytarib olmoqchi boʻlgan va yemakxona xoʻjainlarini qasddan oʻldirgan

TOSHKENT, 17 yanv – Sputnik. Xoʻranda ovqatlanish shohobchasidan qarzdor boʻlgach, yonida puli yoʻqligi sababli garovga qoldirgan telefonini qaytarib olmoqchi boʻlgan va yemakxona xoʻjayinlarini qasddan oʻldirgan. 

Qayd etilishicha, asli toʻraqoʻrgʻonlik boʻlgan, Pop tumanidagi xolasining uyiga mehmonga kelayotgan A.Yangibayev yoʻlda toʻxtab, ovqatlanish shoxobchasiga kirgan. U yerda fuqaro uzoq vaqt ovqatlanib, spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan. Yeyish-ichish haqi 74 ming soʻmga yetib, yonida toʻlash uchun puli yoʻqligi sababli fuqaro “Redmi” telefonini garovga qoldirgan.

Oʻzini boshqara olmaydigan darajada mast boʻlgan fuqaroni tungi soat 01:00 larda xolasi olib ketgan. Fuqaro xolasinikiga borgach, telefonini garovga qoldirgani unga alam qilgan. U xolasining uyi oshxonasidagi pichoqni olib, ovqatlanish shoxobchasiga qaytib borgan. Zinadan ikkinchi qavatga koʻtarilayotib, yotoqxonada uxlab yotgan, begona oyoq tovushlaridan uygʻonib ketgan oshxona egalarining duch kelgan joylariga pichoq bilan urgan. Natijada oshxona egalarining ikkisi ham xoʻrandaning qurboniga aylangan.

Soʻng fuqaro tom orqali nomaʼlum tomonga yashiringan.

Mazkur mudhish jinoyatni sodir etgan A.Yangibayev JKning 97-moddasi 2-qismi (a,v,g,j,i) hamda 219-moddasining 2-qismi bilan aybdor deb topilib, uzil-kesil 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi. 

Asosiy mavzular