Toshkentda tibbiy niqoblarning noqonuniy savdosi avj olmoqda

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishProdaja meditsinskix masok v aptekax
Prodaja meditsinskix masok v aptekax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poytaxt dorixonalaridagi tibbiy niqoblar tanqisligi ushbu himoya vositasining noqonuniy savdosiga yo‘l ochmoqda.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Joriy yilning 17-mart kuni Toshkentda o‘tkazilgan profilaktik nazorat tadbirlari davomida yirik miqddordagi tibbiy niqoblar savdosiga chek qo‘yilgan. Bu haqda Toshkent shahar DSB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Televizionniy pult - Sputnik O‘zbekiston
Karantin davrida o‘quvchilarga telekanallar orqali o‘tiladigan darslar sanasi ma’lum bo‘ldi

Nazorat tadbirlari davomida 62 ming 785 dona, umumiy qiymati 123 million 800 ming so‘mlik hech qanday sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan tibbiy niqoblar sotilayotganligi aniqlangan.

Achinarlisi, ushbu niqoblarning avval ishlatilmaganligi yoki stirellanganligi noma’lum.

Bundan tashqari Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida Qorasuv-2 mavzesida fuqaro A.A. hech qanday hujjatlarsiz, sifati kafolatlanmagan tibbiy niqoblarni sotayotgan bo‘lgan, uning yonidan jami 48 ming 960 dona, umumiy qiymati 93 million 24 ming so‘mlik bir martalik tibbiy niqoblar olib qo‘yilgan.

Yakkasaroyda fuqaro F.J. hech qanday sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan jami 7000 dona, umumiy qiymati 10 million 500 ming so‘m bo‘lgan tibbiy niqoblar bilan ushlangan.

Shayxontohur tumanining  aholi gavjum bo‘lgan joylarida 3 nafar fuqaro tomonidan jami 4 ming 850 dona, umumiy qiymati 14 million 300 ming so‘mlik tibbiy niqoblar erkin sotilayotgan bo‘lgan.

"Sergeli dehqon bozori" yonida joylashgan dorixonada esa narxlar asossiz ravishda oshirilib, tibbiyotda ishlatiladigan spirtning odatdagidan qimmat narxda sotilayotganligi aniqlangan.

 

Yangiliklar lentasi
0