23:19 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
96501

Yuk avtomashina haydovchisi I. Rossiyadan Tojikiston orqali Surxondaryoga kirib kelgan. Asli sirdaryolik boʻlgan ushbu fuqaroda ikki tomonlama pnevmoniya ogʻir kechgan.

TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusdan yana bir bemor vafot etdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Xalqaro masofaga qatnashga moʻljallangan yuk avtomashina haydovchisi I. Rossiyadan Tojikiston orqali Surxondaryoga kirib kelgan. Asli sirdaryolik boʻlgan ushbu fuqaroda ikki tomonlama pnevmoniya ogʻir kechib, 5 may kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Oʻtkazilgan diagnostik tahlillardan soʻng bemorda Covid-19 ham aniqlangan.

Shu yilning 11 may kuni esa ahvoli yomonlashgach, koronavirusning ogʻir kechishi, ikki tomonlama oʻtkir bronxopnevmoniya ogʻir turi tashxisi bilan reanimatsiya boʻlimiga olingan. Boʻlimda bemorga mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar asosida reanimatsion yordam koʻrsatilgan. 

Biroq koʻrsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan sunʼiy nafas olish apparatida boʻlgan bemor yurak qon-tomir va oʻtkir nafas  yetishmovchiligidan vafot etgan.

Asosiy mavzular