20:37 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
23610

Samarqandda elektr jihozlarni xarid qilishdagi talon-torojliklar fosh etildi. “Samarqand HETK” mansabdorlari yirik miqdordagi mablagʻni oʻzini qilib olgan.

TOSHKENT, 20 may — Sputnik. “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mansabdorlari elektr jihozlarini xarid qilishda talon-torojlikka qoʻl urgani fosh qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oʻtkazilgan tekshiruvda 2017-2019 yillarda manzilli Dastur ijrosi yuzasidan korxonaga “Oʻzelektroapparat-Elektroщit” AJ va Toshelektroapparat” MCHJdan elektrotexnik jihozlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali maqbul (optimal) narxlarda sotib olishga ruxsat berilganligi aniqlangan.

Biroq, jamiyat mansabdor shaxslari elektrotexnik jihozlarni sotib olish haqida boshqa MCHJlar bilan shartnomalar tuzishib, 5,4 mlrd soʻm byudjet mablagʻlarini rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Bundan tashqari, jamiyat mansabdorlari tomonidan “Oʻzelektroapparat-Elektroщit” AJ va “Toshelektroapparat” MCHJlardan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida xarid qilingan transformator podstantsiyalarining narxlariga nisbatan transformator podstantsiyalarini 1,3 mlrd soʻmga boshqa korxonadan qimmat narxda sotib olinib, davlat va jamoat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan "Samarqand HETK" AJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular