13:53 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Hodisalar
Havola olish
216 0 0

Taʼkidlanishicha, fuqarolarning aksariyati goʻyoki “oʻzining xavfsizligini taʼminlash uchun” pichoq olib yurganligini aytayotgan boʻlsa, ayrimlari nima uchun olib yurganligini izohlab ham bera olmaydi.

TOSHKENT, 21 iyun — Sputnik. Toshkent viloyatida besh kunda haydovchilardan 70 ga yaqin pichoq va boshqa turdagi jismlar rasmiylashtirib olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda yozilishicha, viloyat IIBB YPX inspektorlari 5 kun davomida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish maqsadida tadbir oʻtkazishgan va 500 ga yaqin avtotransport vositalarini koʻzdan kechirishgan.

Ularning 64 tasidan turli xil pichoqlar va oʻtkir tigʻli jismlar borligi aniqlangan. Soʻngra belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun hududiy ichki ishlar boʻlimiga topshirilgan.

Taʼkidlanishicha, fuqarolarning aksariyati goʻyoki “oʻzining xavfsizligini taʼminlash uchun” pichoq olib yurganligini aytayotgan boʻlsa, ayrimlari pichoq va jismlarni avtomobilida nima uchun olib yurganligini izohlab ham bera olmaydi.

Asosiy mavzular