15:00 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Hodisalar
Havola olish
74530

Tovlamachi shaxsiy maʼlumotlarni tarqatmaslik evaziga 15 million 860 ming soʻm pul berilishini talab qilgan

TOSHKENT, 4 iyul - Sputnik. Xorazmda tanish ayolni uning shaxsiy suratlarini tarqatib yuborish bilan qoʻrqitib, katta summa talab qilgan tovlamachi qoʻlga olindi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.

30 yashar tovlamachi Xorazm viloyati IIB hamda Bosh prokuratura huzuridagi IJQK departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbir jarayonida qoʻlga olingan.

U oʻzining 22 yoshli tanishini uning shaxsiy hayotiga oid maʼlumotlarni, fotosurat hamda video tasvirlarni oshkor qilish bilan qoʻrqitgan. Maʼlumotlarni tarqatmaslik evaziga 15 million 860 ming soʻm pul berishini talab qilib, pullarni qiz va uning onasidan olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan SH.R., ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergovni Urganch shahri 2-son IIB huzuridagi Tergov guruhi olib bormoqda.

SH.R. JKning 165-moddasi 2-qismi "a" (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan tovlamachilik) bandi bilan gumon qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov jarayonida SH.R. ayblanuvchi tariqasida ishda jalb qilinib, unga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Asosiy mavzular