16:58 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Hodisalar
Havola olish
246 0 0

Buxoroda 30 yoshli qaynota kuyovi bilan janjallashgan. Qaynota ularni ajratish uchun kelgan ayolni doʻpposlagan.

TOSHKENT, 7 iyul — Sputnik. Buxoroda qaynota va kuyovning janjali jinoyat ishi ochilishi bilan yakunlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Hodisa 26 iyun kuni Buxoro shahrida joylashgan Perinatal markazi oldida sodir boʻlgan. 30 yoshli N.R. kuyovi J.S. bilan janjallashgan. Bunga oʻzaro oldindan boʻlgan kelishmovchilik sabab boʻlgan. N.R. ularni ajratish uchun kelgan ayolni doʻpposlab, oʻrtacha ogʻir tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar:
hodisa, Buxoro

Asosiy mavzular