01:46 11 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Hodisalar
Havola olish
214 0 0

Peshku tumanida “Damas” tez yordam mashinasi “Isuzu”ga kelib urildi. Natijada “Damas” haydovchisi va yoʻlovchisi halok boʻldi.

TOSHKENT, 8 iyul — Sputnik. Buxoro viloyatida “Damas” tez yordam mashinasi ishtirokidagi yoʻl-transport hodisasi oqibatida ikki kishi qurbon boʻldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar qilmoqda.

YTH 7 iyul kuni A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʻlining 345-kilometrida sodir boʻlgan. “Damas” tez tibbiy yordam mashinasi haydovchisi ehtiyotsizligi sabab yoʻl chetida toʻxtab turgan “Isuzu” yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan.

Hodisa natijasida “Damas” haydovchisi 32 yoshli YE.P. va yoʻlovchisi 28 yoshli A.X.lar ogʻir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi (odamlar oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar:
YTH, Buxoro

Asosiy mavzular