20:00 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Hodisalar
Havola olish
451 0 0

Gʻarazgoʻylar xitoylik fuqaroni savollar bilan chalgʻitib, mashinasi salonidan ichida pasport, soʻm va AQSH dollarlari, bank kartalari boʻlgan sumkani oʻgʻirlab ketishgan.

TOSHKENT, 7 avg - Sputnik. Oʻzbekiston poytaxti IIBB xodimlari Xitoy fuqarosini talaganlikda gumonlanuvchi shaxslarni qoʻlga oldi.

Hodisa 3 avgust kuni yuz bergan. Yakkasaroy tumani ichki ishlar organlariga 24 yoshli Xitoy fuqarosi YA.D. murojaat qilib, soat taxminan 22.40 da oʻzining "Lasetti" avtomobilida ikki notanish kimsa tomonidan talab ketilganini xabar qilgan.

Maʼlum boʻlishicha, gʻarazgoʻylar xitoylik fuqaroni savollar bilan chalgʻitib, salondan ichida pasport, soʻm, AQSH dollarlari, bank kartalari boʻlgan sumkani oʻgʻirlab ketishgan.

Koʻrilgan choralar natijasida, sumka, pasport va kartalar shaharning Bogʻtepa koʻchasidagi daraxt ostidan topilgan.

Mazkur fakt asosida Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 166 moddasi ("Talonchilik") boʻyicha jinoiyi sh qoʻzgʻatilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijalariga koʻra, shuningdek tashqi videokuzatuv kameralari yozuvlari asosida Yakkasaroy tumani IIO FMB xodimlari talonchilikda gumonlanuvchi shaxslar sifatida 25 yoshli Azizxon M. va 23 yoshli Mirzofil S.lar qoʻlga olingan. Tergov davomida oʻgʻirlangan narsalarning bir qismi jabrlanuvchiga qaytarilgan.

Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Asosiy mavzular