05:27 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
152 0 0

Ayni damda ayol gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, u sodir etgan jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

TOSHKENT, 3 sen — Sputnik. Fargʻonada 24 yoshli ayol oʻz chaqalogʻini 1 5 00 Aqsh dollariga sotmoqchi boʻlgan. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati maʼlum qilmoqda.

Ayol oʻz bolasi uchun xaridor bilan oʻrtada kelishilgan puldan 500 AQSH dollarni olayotgan vaqtda IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushlangan.

Bundan tashqari uning yonidan yana kimyoviy ishlov berilgan pullar ham ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.
Hozirda holat yuzasidan JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi harakatlari yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular