05:36 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Hodisalar
Havola olish
180 0 0

Telefonlarning IMEI kodlarini xorijda boʻlgan fuqarolar pasportiga noqonuniy rasmiylashtirgan jinoyatchi guruh aniqlandi.

TOSHKENT, 10 sen - Sputnik. Bojxonachilar xorijdagi fuqarolar pasport maʼlumotlaridan foydalangan holda mobil qurilmalarni Uz IMEI tizimida noqonuniy roʻyxatdan oʻtkazish bilan shugʻullangan jinoiy guruhni aniqlashdi

Gap shundaki, xorijdan kelgan koʻplab fuqarolar oʻzlari bilan olib kelgan mobil telefonlarini Uz IMEI tizimida roʻyxatdan oʻtkazishmoqchi boʻlganida, ularning nomiga allaqachon boshqa mobil qurilmalar roʻyxatdan oʻtganligi maʼlum boʻlayotgani va ushbu holat koʻplab noroziliklarga sabab boʻlayotgan edi.

Bojxona qoʻmitasi tomonidan ushbu muammo yuzasida fuqarolar murojaatlarini 11-08 qisqa telefon raqami orqali koʻrib chiqish yoʻlga qoʻyildi. Birozdan soʻng esa, shaxslarga doir maʼlumotlarni qonunga xilof ravishda yigʻib, saqlab, ulardan gʻarazli niyatlarda foydalanib kelayotgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi.

Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston fuqarosi O.A. sheriklari M.B. va T.R.lar qoʻshni davlatlarga oʻtishib, u yerda Oʻzbekistonga kirib kelayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining pasport maʼlumotlarini rasmga tushirib, telegram orqali yuborib, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan mobil qurilmalarniUz IMEI tizimida ushbu fuqarolar nomiga roʻyxatdan oʻtkazish bilan shugʻullanib kelishgan.

Birgina fuqaro B.M.ning uyali aloqa vositasi koʻzdan kechirilganida, telefon xotirasida Oʻzbekiston fuqarolarining 200 ga yaqin pasport rasmlari borligi, u ushbu pasport maʼlumotlarni yigʻib, jinoiy sherigi O.A.ga yetkazib berganligi uchun har bir pasportga 5 AQSH dollardan haq olganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur xolat yuzasidan Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 141(2)-moddasining 2-qismi “a” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov organiga yuborildi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyat uchun: jinoiy guruh tomonidan fuqarolar shaxsiy maʼlumotini jamlash va undan noqonuniy foydalanish - BHMning 50 dan 100 baravarigacha jarima yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 

Asosiy mavzular