02:44 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Hodisalar
Havola olish
413 0 0

34 yoshli “Neksiya-3” haydovchisi rul boshqaruvini yoʻqotib, beton toʻsiqdan yoʻlni qarama-qarshi tomoniga oʻtib ketgan. Natijada “Lasetti” bilan toʻqnashgan.

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Toshkent viloyati Chinoz tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasida toʻrt kishi hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

YTH 13 sentyabr kuni soat 00:10 larda tumandagi Koʻtarma MFY hududidan oʻtgan M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yoʻlining 858-kilometrida roʻy bergan.

34 yoshli “Neksiya-3” haydovchisi T.S. rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻlni ikkiga ajratib turuvchi beton toʻsiqdan yoʻlni qarama-qarshi tomoniga oʻtib ketgan. Soʻngra 39 yoshli “Lasetti” haydovchisi F.N. bilan toʻqnashib ketgan. Har ikkila haydovchi mashinani xavfsizlik kamarini taqmagan holda boshqargan.

Natijada “Neksiya-3” haydovchisi 34 yoshli T.S., “Lasetti” haydovchisi 39 yoshli F.N. hamda ushbu avtomobil yoʻlovchilari 40 yoshli E.X. va 25-30 yoshlardagi ayol (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) ogʻir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.

Shuningdek, “Lasetti” yoʻlovchilari 29 yoshli K.B. va 44 yoshli YU.H.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida  yoʻlda yotgan 20 yoshli yigitni mashina bosib ketgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular