13:26 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Hodisalar
Havola olish
472 0 0

Abdulla Qodiriy koʻchasidagi “Ramada” mehmonxonasi yaqinida “Malibu” avtomobili daraxtga borib urildi. “Malibu” haydovchisi va uning yoʻlovchisi qutqarib qolindi.

TOSHKENT, 29 noya — Sputnik. Toshkentda “Malibu” ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabariga koʻra, hodisa 28-noyabrdan 29-noyabrga oʻtar kechasi soat taxminan 3:40 larda Abdulla Qodiriy koʻchasidagi “Ramada” mehmonxonasi yaqinida roʻy bergan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, “Malibu” haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, mashina daraxtga urilgan. Avtoulovda 33 yoshli N.F. ham boʻlgan.

Oʻsha paytda ushbu yoʻnalishda harakatlanayotgan va avtohalokatga guvoh boʻlgan haydovchilar “Malibu” haydovchisi va uning yoʻlovchisini qutqarib qolishgan hamda voqea guvohlaridan biri jabrlanganlarni oʻz mashinasida kasalxonaga olib borgan. Ularning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.

Tusheniye pojara
© Sputnik / Natalya Gorshkova

Voqea joyida fuqaro Z.S. va N.F. lar avtomobildan chiqarilganidan soʻng, “Malibu” motor boʻlinmasida yongʻin sodir boʻlgan. Bu haqda guvohlardan biri “101” tez yordam raqami orqali xabar bergan.

Yongʻin haqida soat 03:30 larda FVBga xabar berilgan. Yongʻin xavfsizligi xodimlari soat 03:54 da yongʻin toʻliq bartaraf etgan.       

Hozirda avtohalokat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xabarda taʼkidlanishicha, ayni paytda Internet tarmoqlarida voqea videolavhasi tarqalmoqda.

“Video muallifi vaziyatni toʻliq tushunmay, aftidan, jamoatchilik oʻrtasida norozilik keltirib chiqarish, huquqni muhofaza qilish idoralarini salbiy tomondan koʻrsatish maqsadida, forma kiygan odamlarga asossiz daʼvolar bilan murojaat qilgan. Shu bilan birga, videoning taglavhasida forma kiygan odamlar goʻyoki Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilari ekanligi aytilgan. Aslida esa, uyali telefon kamerasining obʼyektiviga yaqin atrofdagi  “Lokomotiv” parkining qoʻriqchilari tushib qolishgan”, - deyilgan xabarda.

Teglar:
yongʻin, YTH, Toshkent

Asosiy mavzular