06:51 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Hodisalar
Havola olish
776 0 0

Yuz va bosh qismi grim qilingan biznesmen "jasadi"ning foto suratini koʻrgan buyurtmachi killerga vaʼda qilingan pulning qolgan qismini bergan vaqtida ushlangan.

TOSHKENT, 12 dek - Sputnik. Sirdaryolik tadbirkor oʻz raqibini yoʻq qilish uchun killer yollashga qaror qildi. U buyurtma qotillikni amalga oshirish uchun muqaddam "bosqinchilik" jinoyati uchun sudlangan fuqaroning xizmatidan foydalanishga uringan, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, voqea dekabr oyi boshida roʻy bergan.

Shaxsi sir saqlanishini soʻragan fuqaro prokuraturaga ariza bilan murojaat qilib, tanishi -  tadbirkor J.Z. (1994 y.t., muqaddam sudlangan) uning muqaddam "Bosqinchilik" jinoyati uchun sudlanganligidan xabar topib, oʻziga raqobatchi deb bilgan tadbirkor M.D.ni oʻldirishga buyurtma berganini maʼlum qilgan.

Killerlik xizmati evaziga 5 ming AQSH dollari vaʼda qilingan. Taklifni rad qilgan taqdirda boshqa shaxslarni yollab boʻlsa ham uni oʻldirishini aytib, oldindan ming AQSH dollari bermoqchi boʻlganligini maʼlum qilgan.

Arizachi uni jinoyat sodir qilishga undayotgan J.Z.ga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

2020 yil 10 dekabr kuni Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda arizachi Guliston shahrida joylashgan qabriston yaqinida tadbirkor M.D.ni qotillik alomatlari bilan yotgan, yuz va bosh qismi grim qilingan jasadi va uni vafot etgani sunʼiy ravishda yaratilgan foto suratini koʻrsatgach, buyurtmachi tadbirkor J.Z. Mirzaobod tumani Bogʻiston mahallasi hududida unga 4 ming AQSH dollarini bergan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan J.Z.ga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Gumonlanuvchi J.Z. protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular