15:21 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Hodisalar
Havola olish
204 0 0

Firibgarlar fuqarolarga davolanish uchun soxta taklifnoma asosida Rossiyaga chiqarib yuborishni vaʼda qilishgan.

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Namangan viloyatida fuqarolarni Rossiyaga qalbaki hujjatlar orqali yubormoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Sputnik” nashriga maʼlum qildi.

Aniqlanishicha, N.X. va A.A.lar pandemiya davrida Rossiyaga kirish taqiqlanganligidan foydalanib, u yerga ketish istagida boʻlgan ikki nafar fuqaroning ishonchiga kirgan.

Ularga davolanish uchun soxta taklifnoma asosida Rossiyaga chiqarib yuborishni vaʼda qilishgan. Firibgarlar 1000 dollar va 5,2 mln soʻmni olib, qalbaki hujjatlarni bergan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston JKning 168 (Firibgarlik) va 228-moddalari (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozir tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, TIV Konsullik-huquqiy departamenti xorijiy mamlakatlarga borishni rejalashtirayotgan Oʻzbekiston fuqarolaridan begona shaxslarning qalbaki tibbiy maʼlumotnoma va boshqa hujjatlarni tayyorlab berishda "yordamlashish" borasidagi takliflariga ishonmaslikni soʻragan edi.

Teglar:
firibgar, firibgarlik, Namangan viloyati

Asosiy mavzular