18:12 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Hodisalar
Havola olish
270 0 0

Toshkent viloyatida hokim qarorini soxtalashtirib, 3 ta hovlini sotmoqchi boʻlgan jinoiy toʻda ushlandi. Ular orasida muqaddam sudlanganlar ham bor.

TOSHKENT, 22 fev — Sputnik. Toshkent viloyatida hokim qarorini soxtalashtirib, aslida yoʻq boʻlgan uylarni 100 ming dollarga sotmoqchi boʻlgan bir guruh shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yil 17 fevral kuni Toshkent viloyati IIBBga Toshkent shahrida yashovchi fuqaro R.T. ariza bilan murojaat qilgan.

U murojaatida “Dilnura”, “Nodira” va “Aziz” ismli shaxslar Nurafshon shahrida joylashgan (aslida hech qayerda roʻyxatda boʻlmagan) 3 ta hovlini kadastr hujjatlarini qalbakilashtirib, 100 ming dollarga sotmoqchi boʻlayotganini maʼlum qilgan.  Ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

19 fevral kuni Toshkent viloyati IIBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlimi xodimlari va sohaviy xizmat xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda Nurafshon shahrida yashovchi 1980 yilda tugʻilgan Dilnura A. (hozirda firibgarlik, va pora berish jinoyatlari bilan tergov ostida boʻlgan), tanishlari 1997 yilda tugʻilgan Aziz Gʻ. (2019 yilda firibgarlik jinoyati bilan sudlangan), va 1997 yilda tugʻilgan Nodira I.lar ariza muallifidan talab qilingan pullarning 30 ming dollarini olayotgan vaqtida qoʻlga olingan.

Ushlangan shaxslardan 30 ming dollar naqd pul, Nodira I. va Gulnora A. nomiga rasmiylashtirilgan Nurafshon shahar Navroʻz MFYda joylashgan 18-A va 18-B raqamli va Dilnura A. nomiga rasmiylashtirilgan “Istiqlol” MFYda joylashgan 10 raqamli uylarning qalbakilashtirilgan (hokim qaror va boshqalar) kadastr hujjatlari xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda qoʻshimcha surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular