Toshkentda ijaradagi uydan besh talabaning murdasi topildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2021
Obuna bo‘lish
Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Singapur universiteti, “Inha” universiteti talabalarining murdasi noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish alomatlari bilan topilgan.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi uydan besh nafar talabaning jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Skoraya meditsinaskaya pomosh, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2021
Xorazmda fojia: choyxonada bir oilaning uch nafar a’zosi gazdan zaharlanib o‘ldi
Xabarda yozilishicha, joriy yil 27-fevral kuni soat 20:50 larda tumandagi Firdavsiy MFY, Injobod ko‘chasi, 61-uyda ijarada yashab kelgan Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti 2-bosqich talabalari M.U., R.S., D.G‘. va Singapur universiteti 2-bosqich talabasi O.I. hamda “Inxa” universiteti 1-bosqich talabasi S.X.lar murdasi noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish alomatlari bilan topilgan.
Ushbu holat yuzasidan shu kunning o‘zida Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi “a” bandi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sud tibbiyot ekspertizasining 27-fevral kungi dastlabki xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchilarning o‘limi noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish natijasida yuz bergan.
Mazkur jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.
Yangiliklar lentasi
0