13:23 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Migratsiya
Havola olish
628 0 0

Prezident avvalroq Oʻzbekistondan xorijiy davlatlarga xalqaro avtobus qatnovlarini yoʻlga qoʻyish zarurligi haqida gapirib oʻtgandi

TOSHKENT, 13 apr – Sputnik. Shu yildan boshlab avtobusda xalqaro yoʻlovchi tashishga ixtisoslashgan kompaniya faoliyat yurita boshlaydi, deb xabar berdi Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

Agentlikning bildirishicha, ushbu kompaniya uchun 100 dona avtobus xarid qilinadi va ular Oʻzbekistonning turli mintaqalaridan xorijga qatnaydi.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 5 martda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorni imzolagandi.

Qarorga asosan chet davlatlariga ishlashga ketuvchi mehnatkash fuqarolarga chegirmalar asosida chiptalarni xarid qilishi maqsadida maxsus ixtisoslashtirilgan kassalar tashkil qilinib fuqarolarga xizmat koʻrsatishi belgilangan.

Prezident avvalroq Oʻzbekistondan xorijiy davlatlarga xalqaro avtobus qatnovlarini yoʻlga qoʻyish zarurligi haqida gapirib oʻtgandi. Maʼlum boʻlishicha, Rossiya va Qozogʻistonga mehnat qilish maqsadida yoʻlga chiqayotgan fuqarolar yoʻl kira arzonligi uchun avtobusda borishni maʼqul koʻrishadi.

Asosiy mavzular